«Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turişlar evaziga arxiv ma'lumotnomasini oliş uçun ariza qoldirib, kamiga turli taşkilotlar orasida sarson yurgan bölsangiz, endi uyingizdan çiqmasdan turib sanoqli daqiqalar içida buni amalga oşirişingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, buning uçun dastlab Yagona portalda röyxatdan ötiş, «Ma'lumotnomalar» bölimidan «Iş haqi va iş stajini tasdiqlaş töğrisidagi arxiv ma'lumotnomasini oliş» xizmatini topiş va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma'lumotlar asosida sörovnomani töldirib, yuboriş tugmasini bosiş kerak.
Mazkur davlat xizmatidan foydalaniş bepul, şuningdek, ERI ham talab etilmaydi.
Sörovnoma kelib tuşgan vaqtdan boşlab iş stajini tasdiqlaşga oid ma'lumotnomalar uçun — 5 iş kuni, iş haqini tasdiqlaşga oid ma'lumotnomalar uçun — 20 iş kunidan oşmagan muddatda tegişli QR-kodli ma'lumotnoma şakllantiriladi hamda YaIDXP orqali elektron şaklda yuboriladi.
















