Makron yangi qonun loyihasi taklif qildi: Fransiyada imomlar kengashi bo‘ladi, uyda diniy ta'lim berish taqiqlanadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat musulmonlar kengashiga 15 kun ichida maxsus nizom ishlab chiqishni taklif qildi. Unga ko‘ra, diniy ta'lim davlat maktablaridan ajratilishi kerak. Makronning taklifiga ko‘ra, Fransiyada imomlar kengashi tashkil etiladi. Imomlar davlat tomonidan maxsus akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Belgilangan talablar buzilsa, bu akkreditatsiya bekor qilinishi mumkin.

Foto: Reuters
Makron nizomda islom siyosiy harakat emasligini belgilatmoqchi. Nizomda dinni siyosiylashtirish va diniy masalada har qanday xorijiy aralashuv cheklanadi.
Makron va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jyerald Darmanen Yelisey saroyida musulmonlar kengashining 8 nafar yetakchisi bilan uchrashgan.
«Nizomda ikki narsa aniq yozilishi kerak: islomni siyosiylashtirishga va chet eldan har qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi», – degan Makron. Uchrashuv davomida imomlar kengashi tuzilishi ham tasdiqlangan.
Imomlar bilan uchrashuv davomida Makron yangi nizomda o‘zi islom separatizmi deb ataydigan holatga qarshi kurashda quyidagi takliflarni ilgari surgan:
- Uyda o‘qitiladigan diniy ta'limni cheklash va faqat istisno tariqasida unga ruxsat berish. Shuningdek, boshqa diniy maktablar, ya'ni katolik maktablari faoliyati ham nazoratga olinadi;
- Davlat xizmatchilarini diniy qarashlari bilan qo‘rqitish taqiqlanadi;
- Har bir bolaga identifikatsiya raqami beriladi va shu orqali ularning maktabda qatnashayotgani tekshiriladi;
- Hozirda Fransiya qonunchiligida taqiqlanmagan uyda diniy ta'lim berish keyingi o‘quv yilidan cheklanadi. Bu qoidani buzgan ota-onalar 7,5 ming yevrogacha jarima to‘laydi yoki olti oygacha qamaladi;
- Odamni qiynashlariga sabab bo‘luvchi shaxsiy ma'lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu qonun loyihasi 9 dekabr kuni Fransiya hukumat yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Oktyabr oyida Islom dinining oxirzamon payg‘ambari Muhammad (s.a.v)ning siyratlariga nisbatan salbiy taassurot uyg‘otuvchi karikaturani maktab o‘quvchilariga ko‘rsatgan o‘qituvchi Samyuel Pati 18 yoshli chechen yigiti tomonidan o‘ldirib ketilgandi. Moskvada tug‘ilgan va Fransiyada qochoq sifatida yashab kelgan yigitning o‘zi qo‘lga olish jarayonida o‘ldirilgan.
Mahalliy OAVda Pati karikaturani o‘quvchilariga ko‘rsatgach, bu ishidan pushaymonligini aytgani haqida hamkasblari bilan yozishmalari tarqaldi. U so‘z erkinligi mavzusida boshqa misolni keltirishi kerak bo‘lganini, bu ishi bilan xato qilganini aytgan.

Pati o‘ldirib ketilgach, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning nazdida «radikal islom»ga qarshi kurashish kerakligini aytdi va dunyo musulmonlarining nafratiga uchradi. Unga qarshi ko‘plab mamlakatlarda norozilik namoyishlari o‘tkazildi, o‘nlab karikaturalar chizildi, Makronning o‘limini tilab duo qilishdi. Uning chiqishidan keyin Fransiyada bir necha terakt ham sodir etildi.
Ma'lumot uchun, Fransiyada 5,7 milliondan ortiq musulmon yashaydi. Bu esa mamlakat aholisining 8,8 foizi degani. Yevropaning hech bir mamlakatida bunchalik ko‘p foizda musulmon yashamaydi. Fransiyaning Marsel shahri esa Yevropada islom poytaxti degan nomni olgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 10:42
-
Isroil Eronga hujum chog‘ida 200 ta samolyotdan birontasini ham yo‘qotmadi
Jahon | 10:31
-
Isroil butun dunyodagi elchixonalari va konsulliklarini yopdi
Jahon | 10:27
-
AEXA: Eronning Natanzdagi obektida radiatsiya sizib chiqdi
Jahon | 10:24
Mavzuga oid

00:18 / 18.11.2022
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

13:48 / 04.05.2022
Makron va Putin ikki soat davomida telefonda gaplashdi

07:45 / 11.04.2022
Fransiyadagi saylov natijalari ma’lum: Ikkinchi turga Makron va Le Pen o‘tdi

15:31 / 10.04.2022