Xayriya uchun maqola yozish juda qiyin. Sababi ko‘makka muhtoj insonning bor dardi, sharoitini so‘z va videotasvirlar bilan o‘quvchiga yetkaza olmaslikdan xavotirga tushasan kishi.
Tahririyatimizga Andijon shahri Jumabozor MFY Birlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Ra'noxon Botirovadan murojaat kelib tushdi. U ayni damda tadbirkorga tegishli omborxonaning bir chetidagi tashlandiq xonada jarohat olib, oyoq-qo‘li ishlamay qolgan o‘g‘li bilan yashayotganini bayon qilgan.


Biz aytilgan manzilga yetib borib, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan holatni so‘z bilan tasvirlash juda og‘ir. Chunki Ra'noxon ona chindan ham tashlandiq omborxona ichidagi katalakdek xonada nogiron o‘g‘li bilan yashab kelmoqda.
Nogiron o‘g‘li Hayotbek dardini ichiga yutgancha jim yotibdi. Mung to‘la ko‘zlarini chang bosgan shiftdan uzmaydi. Onasi uning kulimsirab qarashini bir yildan beri intiqlik bilan kutadi.
39 yoshli Hayotbek bundan bir yil oldin, aniqrog‘i 2019 yil 16 noyabr kuni qurilishda ishlayotgan paytida balandlikdan yiqilib tushib og‘ir jarohat olgan va shu bo‘yi to‘shakka mixlanib qolgan. Onasi bir amallab uni operatsiya qildirgan. Hozirda badanida yotoq yaralari paydo bo‘lgani uchun Hayotbekning iztiroblariga iztirob, onaning dardiga dard qo‘shilgan.




“O‘g‘lim Turg‘unov Hayotbek 2019 yil 16 noyabrda ishxonasida ishlayotib yiqilib tushdi. Shunda umurtqasi shikastlanib, nerv tolalariga shikast yetdi. Oyoq-qo‘li ishlamay qolgan. Operatsiya qilindi. Mana, bir yildan beri yotibdi. Haliyam oyoq-qo‘li ishlamay, oyoq boldirlarida, bel qismida, qo‘lida yotoq yaralari paydo bo‘lib, qiynalib, hech tuzalib ketmayapti.
















