Özbekiston Respublikasi boş prokurorining buyruğiga asosan adliya katta maslahatçisi Baxtiyor Basimoviç Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ahmedov 2014 yilgaça Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani prokurori lavozimida işlagan, sönggi vaqtlarda Sirdaryo viloyati prokurorining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, 10 noyabr kuni 2017 yilning iyunidan beri Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida işlab kelgan Ravşan Maşaripov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlangandi.

25 noyabr kuni esa adliya katta maslahatçisi, Navoiy viloyati prokurori lavozimida işlab kelayotgan Şohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.