Toşkentda ötkazilayotgan ommaviy qabullar haftaligi doirasida, 25 noyabr kuni sud va huquq-tartibot idoralari mas'ullari iştirokida sayyor qabul taşkil qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sayyor qabulda ançagina köp odam yiğilgan. Şikoyatlarning asosiy qismi Oliy sud va Boş prokuratura tizimiga töğri keladi.

Oliy sud sudyasi Şamsiddin Tojiyev Oliy sudga şikoyatlar köpligini izohlab, bularning aksari – fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy işlar ekanini ta'kidladi. «Bu toifa işlarda ikki taraf bor: bir taraf rozi bölgani bilan, ikkinçi taraf norozi bölişi tabiiy», – dedi u.

Oliy sud sudyasining sözlariga köra, bugungi kunda Özbekistonda murakkab toifadagi firibgarlik jinoyatlari avjiga çiqyapti.

Oliy sud sudyasi Şamsiddin Tojiyev

«Köp hollarda bunga fuqarolarimizning işonuvçanligi sabab bölmoqda. Firibgarlik jinoyatlarining oldini oliş böyiça çoralar köramiz, lekin avvalo fuqarolarimiz özlari har bir holatga işonib ketavermasdan, qonuniy yöl tutişsa, bu jinoyatlarning oldini oladi.

Hozir avtomaşina, uy oldi-sotdisi bilan boğliq firibgarliklar köpayyapti. Buning hammasi fuqaro masalani qonuniy yöl bilan hal etiş çorasini körmay, osongina yöl bilan maqsadiga erişiş harakatidan kelib çiqadi. Bu nimaga arzon, nega bunçalik oson hal bölyapti – fuqarolar masalaga şu tomondan qaraşlari orqali firibgarlikning oldini olişlari mumkin», – dedi sudya Şamsiddin Tojiyev.

Ma'lum qilinişiça, mazkur sayyor qabulda huquqni himoya qiluvçi idoralar tomonidan 414 nafar murojaatçining 431 ta masalasi körib çiqilgan. Ularning 86 tasiga şu yerning özida yeçim topilgan; 95 ta murojaat böyiça huquqiy maslahat va tuşuntirişlar berilgan; qolgan 250 ta murojaat yuzasidan aniq muddat va mas'ullar belgilangan.