Kun.uz murojaatlar bölimiga tibbiyot institutlarida tahsil oluvçi qaşqadaryolik bir guruh talabalardan murojaat kelib tuşdi. Unda şunday deyiladi: “Institut bizni özimizning viloyatimizga amaliyotga jönatyapti. Lekin boşqa hududlardagi talabalar öqişlarini davom ettirişmoqda. Savol tuğiladi – nega aynan qaşqadaryoliklar?”. Masalaga oydinlik kiritiş, umuman bunday amaliyot nima sababdan ötkazilayotganini biliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi Fan va ta'lim boşqarmasi boşligi Öktam Ismoilov bilan suhbatlaşdik.
– Öktam Safoyeviç, talabalarning amaliyot ötaşiga qanday zarurat paydo böldi?
– Har bir talabaga amaliyot zarur. Ayniqsa bizning sohamizda talaba faqat nazariyani örganib heç qaçon şifokor böla olmaydi. Tibbiy ta'lim azaldan amaliyot bilan birga olib borilgan. Ayni paytda bu masala kun tartibiga çiqqani ham aniq sabablarga, huquqiy asosga ega. Ma'lumki, Özbekiston prezidentining “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qiliş va soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi.
Unda şunday band bor:
2021 yil 1 yanvardan boşlab qişloq vraçlik punkti oilaviy şifokor punkti deb, qişloq va şahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. Bunda, uşbu çora-tadbirlar mavjud ştat birliklari doirasida amalga oşiriladi.
Bu bandning mavzuga aloqador jihati şundaki, köpçilik talabalar amaliyotdan uzoqlaşdilar, özlarining kelajakdagi potensial iş joylari bölgan oilaviy poliklinikalarga bormaydilar. Farmonda talabalarning amaliyotga uzviy biriktirilişi ham közda tutilgan.
Hujjatga asosan vazirligimizning maxsus buyruği ham çiqarilgan. Bir söz bilan aytganda, butun dunyo tajribasi şuni körsatadiki, şifokor amaliyotsiz şifokor böla olmaydi.
– Sözlaringiz bilan birga murojaatdagi savol ham örinli. Amaliyot zarur ekan, nega aynan qaşqadaryolik talabalargina bu jarayonga jalb qilinmoqda?
– Bu yangliş tuşunça. Gap şundaki, 20 kun davom etişi möljallangan bu amaliyot Qaşqadaryo viloyati misolida boşlandi va bosqiçma-bosqiç hamma hududlarda davom ettiriladi. Qaşqadaryoda boşlanişiga sabab, davlat rahbarining viloyatga taşrifi davomida aholini röyxatdan ötkaziş, antropometrik körsatkiçlarini aniqlaş va salomatligini tekşiriş topşiriği berilgan. Bu jarayonga barça soha xodimlari singari öşa hududlik yuqori kurs talabalari, klinik ordinatorlar va magistrlar ham jalb qilinmoqda.

















