Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonda 2020 yilda qança paxta hosili yiğib olingani töğrisida ma'lumot berdi. Vazirlik matbuot xizmati xabar qilişiça, respublikada joriy yilda 1 mln 34 ming gektar maydonda ğöza parvariş qilinib, 3 mln 82 ming tonna paxta xomaşyosi tayyorlangan, bu esa belgilangan yalpi hosilga nisbatan 99,4 foiz demakdir.

Ma'lum bölişiça, tört viloyatda – Qaşqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va  Surxondaryoda paxta rejasi bajarilmagan.

Respublikada birinçi bölib rejani bajargan Farğona viloyatining yakuniy körsatkiçi 107,7 foizni taşkil etgan.

Farğona 107,7 foiz;
Xorazmda 106,7 foiz;
Andijonda 106,6 foiz;
Namanganda 105,1 foiz;
Toşkentda 104,4 foiz;
Samarqandda 103,6 foiz;
Qoraqalpoğiston Respublikasida 102,7 foiz;
Navoiyda 102,7 foiz;
Jizzaxda 100,7 foiz;
Qaşqadaryoda 95,8 foiz;
Sirdaryoda 93,5 foiz;
Buxoroda 89,1 foiz;
Surxondaryoda 82,3 foiz.

Paxta yetiştiruvçi 136ta tumandan paxta yiğim-terimini tizimli taşkil etgan 104tasi, 97 ta paxta-töqimaçilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 mingta fermer xöjaligidan 23 mingtasi şartnomani ortiği bilan bajargan.

Respublikada har gektar paxta maydonida örtaça hosildorlik 29,8 sentnerni (şartnoma 30,0 ts/ga) taşkil qildi.

Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 mln 794 tonna (30,1 ts/ga) va 11 ta kooperatsiya tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna (27,0 ts/ga) paxta xomaşyosi yetiştirilgan.

Ma'lumot uçun, 2019 yilda respublika böyiça 2 million 845 ming tonna paxta xomaşyosi tayyorlangandi