2020 yilgi paxta mavsumida qöşib yoziş holatlari aniqlanmagan, deb bayonot tarqatdi Surxondaryo viloyati prokuraturasi.

Avvalroq, Kun.uz 2020 yilgi paxta terimi mavsumida Surxondaryoda 52 ming tonna paxta qöşib yozilgan bölişi mumkinligi, bu – viloyat rejasining 21 foiziga tengligi haqida yozgan edi.

Xabardagi ma'lumotlar Surxondaryo viloyati prokurori örinbosari imzosi bilan tumanlarga yuborilgan № 11/1.1-20 sonli topşiriqqa asoslangan.

Viloyat prokuraturasi bayonotiga köra, bu topşiriq «kunlik terim pullarining tarqatilişi yuzasidan tegişli taşkilotlardan olingan tahliliy ma'lumotlarga tayanib» tayyorlangan.

Tumanlarga bunday topşiriq «paxta hisob-kitoblariga qöşib yoziş salbiy holatlarining oldini oliş» maqsadida yuborilgan.

«Mazkur topşiriq asosida amalga oşirilgan prokuror nazorati tadbirlari natijasida kelib çiqişi mumkin bölgan paxta mavsumida hisob-kitob masalalarida qöşib yoziş holatlarining oldi olingan.

Çunonçi, mazkur topşiriq yuborilgan vaqtda paxta mavsumi davom etayotgan bölib, yakuniy hisob-kitoblar hali tamomlanmagan edi.

Hozirgi kunda paxta mavsumida qöşib yoziş holatlari böyiça aniqlangan va isbotlangan holatlar mavjud emas», – deyiladi Surxondaryo viloyati prokuraturasi rasmiy relizida.

Eslatib ötamiz, Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan xat 30 oktabr sanasiga taalluqli bölib, unda şunday yoziladi: «Tahlillar viloyat böyiça jami 52 121 tonna paxta xomaşyosini qöşib yoziş holatlariga yöl qöyilganini körsatmoqda».

Qişloq xöjaligi vazirligi ma'lumotiga köra