OKMK Olmaliqda «Buxoro»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda bosh hakam Viktor Serazetdinov jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, «Buxoro» foydasiga penalti belgilagan bo‘lsa-da, mehmonlarning hisob ochishidan keyin mezbonlar uchta gol urib, g‘alaba qozonishdi – 3:1. Bu esa «Buxoro»ning 14 ochko bilan Pro ligaga tushib ketishiga sabab bo‘ldi.

Amaldagi chempion «Paxtakor» esa «Andijon»ni mag‘lub etdi. Natijada «Andijon» 16 ochko bilan 13-o‘rinda qolib, Superligada qolish uchun Pro liga vakiliga qarshi pley-off o‘yinida maydonga tushadi. Reglamentga binoan, «Andijon» Pro ligada 2-o‘rinni olgan «Neftchi»ga qarshi safarda maydonga tushishi kerak. Ammo Farg‘onadagi tartibsizliklar sababli «Neftchi»ga qanday jazo qo‘llanilishi va bu klubning pley-offda to‘p surishi hozircha noma'lum.

«Surxon» esa «So‘g‘diyona»ga mag‘lubiyatga uchrab, 17 ochko bilan 12-o‘rinda qolib Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Kumush medallarni qo‘lga kiritgan «Nasaf» o‘z uyida «Lokomotiv» bilan durang o‘ynadi. «Vodiy derbisi»da ham kuchlar teng keldi. «Bunyodkor» Navoiyda 1 ochko olib, mavsumni 4-pog‘onada yakunladi. «Mash'al» mavsumni qatorasiga uchinchi g‘alaba bilan yakunladi.

Superliga. 26-tur.
OKMK – «Buxoro» - 3:1
Hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Gollar: Husniddin G‘ofurov 45+1, 57, Elguja Grigalashvili 87 – Aziz Ibragimov 15 pen.
OKMK: 35.Valijon Rahimov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 11.Murod Toshmatov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov, 17.Sanjar Tursunov, 94.Husniddin G‘ofurov, 21.Mate Vatsadze, 7.Elguja Grigalashvili.
«Buxoro»: 91.Zafar Safayev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Bobir Omonov,7.Suhrob Ne'matov, 10.Aziz Ibragimov, 11.Zohir Pirimov, 17.Behruz Sadilloyev, 24.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 71.Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 93.Maksimilian Fomin.

«Surxon» – «So‘g‘diyona» - 1:2
Gollar: Aleksandr Kasyan 58 – Sanjar Rashidov 8, Shohruz Norxonov 80
Hakam: Vadim Agishev (Toshkent)