Rossiya boş vaziri örinbosari Tatyana Golikovaning aytişiça, vaksina bepul va ixtiyoriy böladi. Putin Rossiya mudofaa vazirligining köp tarmoqli tibbiyot markazi oçilişiga bağişlangan videokonferensiyada koronavirusga qarşi emlaş keyingi haftadan boşlanişini ma'lum qildi.
Putinning aytişiça, Rossiyada allaqaçon 2 million doza vaksina işlab çiqarilgan va bu ommaviy emlaşga imkon bermasa-da, masştabli emlaş uçun yetarli. Rossiyada koronavirusga qarşi emlaş dastavval koronavirus yuqtiriş xavfi darajasi yuqori bölgan kasb vakillari – öqituvçilar va şifokorlarda ötkaziladi. Golikova dekabrning özida Rossiyada koronavirusga qarşi ommaviy emlaş boşlanişi mumkinligini istisno qilmadi.
Ma'lumot uçun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarşi vaksina sifatida röyxatdan ötkazilgan. Ayni damda dunyoda AQŞ, Britaniya, Xitoy, Fransiya va Germaniyada koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqariş işlari davom etmoqda. Oldinroq Britaniyada ham keyingi haftadan koronavirusga qarşi ommaviy emlaş boşlanişi ma'lum qilingan edi.
Vaksinalar poygasi. Kim qaysi bosqiçda?
Rossiya vaksina işlab çiqarişni boşladi. 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan
Eng köp buyurtma berilgan koronavirusga qarşi vaksina nomi ma'lum qilindi












