Töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima miqdorlari Özbekistonda juda yuqori, deb hisoblamoqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zolari. Bu haqda deputat Doniyor Ğaniyev xabar berdi.
Qömita taklifiga asosan, mazkur huquqbuzarlik uçun jarimani BHMning bir baravari (223 ming söm) miqdorida belgilanişi mumkin.
Şuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda, jarima miqdorini oşişi ham bekor qilinişi kutilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka köra, transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi BHMning 3 baravari, ya'ni 669 ming söm jarima solişga sabab böladi. Bu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, jarima miqdori BHMning 5 baravari (1,1 mln söm), uçinçi martasidan boşlab esa BHMning 10 baravari (2,2 mln söm) miqdorigaça oşadi.
«Soliştiriş uçun, Rossiyada töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buziş haydovçiga 3000 rubl (taxminan 415 ming söm), Ukrainada esa 510 ukraina grivnasi (taxminan 188 ming söm)ga tuşadi. Qöşni Qozoğistonda töxtab turiş qoidasini buzgan haydovçi 24 ming tanga (taxminan 589 ming söm) jarima tölasa, Qirğizistonda esa bu qoidani buzgan haydovçilarga nisbatan 3000 qirğiz somi (taxminan 369 ming söm) jarima qöllaniladi.
Şuningdek, bu davlatlarda (Qozoğistondan taşqari) mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etiş jarima miqdorini özgarişiga sabab bölmaydi», – deb yozadi Doniyor Ğaniyev.
U avtomobillar soni tez sur'atlarda oşib borayotgan şaroitda katta şaharlar markazlarida avtomobillarni belgilangan joyda qoldiriş (parkovka) muammosi dolzarblaşib borayotganini qayd etgan.
«Bu masala ayniqsa poytaxtda yaqqol közga taşlanmoqda. Şaharda pullik avtoturargohlar yetişmasligi yoki haydovçilar uçun qulaylik yaratiş (holbuki bu orqali mahalliy budjetga yaxşigina daromad işlaş imkoniyati bor) maqsadida markaziy köçalarda yöl böylariga oddiy parkomatlar

















