Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasining 4 dekabrdagi yiğilişida çaqaloq savdosi jinoyati köpayib borayotgani muhokama qilindi.

Ma'lumotlarga köra, qonuniy tartibda farzand asrab oliş jarayonidagi byurokratiya va boşqa tösiqlar çaqaloq savdosining avj olayotganiga sabab bölmoqda.

Vasiylik va homiylik organlari tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarning 2747 nafari farzandlikka, 3954 nafari vasiylikka, 1534 nafari homiylikka, 288 nafari patronatga berilgan.

Mehribonlik uylari, gödaklar uylari, bolalar şaharçalari orqali esa bir yilda örtaça 220-230 nafar bola farzandlikka beriladi.

Tanzila Norboyeva, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasi raisi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

«Vasiylik va homiylik organlari orqali farzandlikka berilgan bolalar orasida mehribonlik uylari va bolalar şaharçalarida tarbiyalanayotgan bolalar uluşi 10 foizni ham taşkil etmaydi. 90 foizdan ortiq holatda farzandlikka oluvçilar va farzandlikka beruvçilar özaro yoki vositaçilar orqali bir-birini topib olişyapti.

Mamlakatda farzand asrab olişga bölgan talab yuqori. Çunki biz bolajon xalqmiz. Ammo hozirgi holatda farzand asrab olmoqçi bölganlar örtaça 18 yil navbat kutişga töğri keladi.

Respublikada amaldagi farzandlikka oliş tartibi juda murakkab. Qoğozbozlik amaliyotlari juda ham köp. Şaffoflik yöq. Navbat qaçon kelişini bilib bölmaydi. Navbatning elektron tizimi şakllantirilmagan. Bu esa mavjud tartibni aylanib ötişga, korrupsion munosabatlarning şakllanişiga, çaqaloq savdosining köpayişiga olib keladi», – dedi yiğilişni olib borgan komissiya raisi Tanzila Norboyeva.

Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev bergan ma'lumotlarga köra, hozirda mehribonlik uylariga bola topşiriş holatlari kamaygan. Gödaklar uylarida tarbiyalanuvçilar soni 1991 yilda 1105 nafarni taşkil qilgan bölsa, hozirda bu muassasalarda 564 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ayni kunda mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari soni esa 2047 nafarga teng.

Dilşod Kenjayev, Xalq ta'limi vaziri örinbosari