“49 yoşli Mask Silikon vodiysidagi elektromobillar işlab çiqaruvçi kiçik kompaniyani dunyodagi yetakçi avtomobilsozlik kompaniyasiga aylantira oldi. Uning SpaceX aerokoinot kompaniyasi esa 2011 yildan beri birinçi marta amerikaliklarni orbitaga qaytardi”, deb izoh berilgan naşrda.

Naşr Maskning tadbirkor sifatidagi boş jihati yirik global bozorlar - avtomobil, aerokoinot va texnologik bozorlarda öyin qoidalarini özgartira olişi ekanini aytgan. 

“Tesla’ning S&P 500 birja indeksiga kiritilişi Maskni dunyodagi ikkinçi raqamli eng boy odamga aylantirdi”, deb xulosa yasagan naşr öz qaroriga.

Fortune reytingining yetakçi beşligiga Maskdan taşqari, protsessorlar işlab çiqaruvçi AMD kompaniyasi rahbari Liza Su, Nvidia kompaniyasi boşqaruv raisi Jyensen Xuang, Netflix rahbari Rid Xastings va Fortescue Metals Group metallurgik kompaniyasi rahbari Elizabet Geyns ham kiritilgan.