10:44 / 05.12.2020
5996

Noyabr oyida o‘zbekistonliklarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha shikoyatlari 5 barobar ko‘paygan

Joriy yilning noyabr oyida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga tegishli, deb xabar bermoqda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga joriy yilning noyabr oyining o‘zida respublika bo‘yicha 4 693 ta murojaat kelib tushdi.

Bu raqam o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslansa, ariza va shikoyatlar soni 2,5 baravarga ko‘paygani ma'lum bo‘ladi (sentyabr — 1 787 ta, oktyabr — 1 929 ta).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi holatlar bo‘yicha aniqlangan murojaatlarning soni 3 544 ta, odatdagidan 5 marotaba ko‘p (sentyabr — 1 767 ta, oktyabr — 792 ta). 

Ta'kidlanishicha, iste'molchilar murojaatlarining asosiy qismi ko‘p qavatli uylarning elektr energiyasi ta'minoti, gaz va isitish tizimlari bilan bog‘liq. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining 1159 ishonch telefoni, veb-sayti va elektron pochtasi orqali kuniga 600ga yaqin so‘rovlar qabul qilindi. 23 va 24 noyabr kunlari esa rekord miqdordagi murojaatlar soni qayd etilgan.
 
Fuqarolarning murojaatlari hudud kesimida olinadigan bo‘lsa, birinchi o‘rin Toshkent shahri, so‘ngra Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi o‘rinda Namangan viloyati turibdi, deyiladi xabarda.

Top