Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Yevropada ta'lim milliy va mintaqaviy inspeksiyalar assotsiatsiyasi SICI (The Standing International Conference of Inspectorates)ga a'zo böldi.

Uşbu assotsiatsiya ta'lim sohasidagi inspeksiya jarayonlarini takomillaştiriş böyiça xalqaro anjumanlar, treninglar ötkaziş orqali a'zo davlatlardagi inspeksiya jarayonlarida duç kelinadigan dolzarb muammolarni bartaraf etiş, inspeksiyalar faoliyatini yaxşilaşga qaratilgan strategiyalar işlab çiqişni maqsad qilgan. Bunda inspektorlarning kasbiy könikmalarini oşiriş, inspeksiyalar örtasida hamkorlik örnatiş va mavjud hamkorliklar rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, özaro tajriba almaşişga alohida e'tibor beriladi.

1995 yilda taşkil topgan mazkur xalqaro taşkilotning boş ofisi Bryussel şahrida joylaşgan bölib, hozirda unga 40dan ortiq davlatlarning ta'lim inspeksiyalari a'zo bölgan. Jumladan, Angliyaning Ofsted (The Office for Standards in Education, Çildren’s Services and Skills) – Qiroliça huzuridagi maktab inspeksiyasi departamenti, Finlandiyaning FINEEC (Finnish Education Evaluation Centre) – Finlandiya ta'limni baholaş milliy markazi, Germaniyaning IEMQD (Institute for Educational Monitoring and Quality Development) – Ta'lim monitoringi va sifatini rivojlantiriş instituti, Şvetsiyaning maktablar inspeksiyasi (Swedish Schools Inspectorate), Estoniyaning Ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi departamenti (Department Ministry of Education and Research) va boşqalar.

Markaziy Osiyo mintaqasidan bu assotsiatsiyaga Özbekiston ta'lim inspeksiyasi yagona a'zo hisoblanadi (MDH davlatlarida Ukraina va Özbekiston). Mazkur uyuşmaga a'zo böliş kelgusida inspeksiya jarayonlari sifatini oşirişga, Yevropa inspektorlari bilan tajriba almaşişga, qolaversa, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriladigan ta'lim loyihalarining Özbekistonga jalb etilişiga xizmat qiladi.

Hamkorlikning ilk namunasi sifatida Ta'lim inspeksiyasi vakillari onlayn formatda ötkazilgan SICI’ning 25-Boş Assambleyasida iştirok etib, yevropalik hamkasblari bilan tajriba almaşiş imkoniyatiga ega bölişdi.

Mazkur nufuzli tadbirda assotsiatsiya direktori Şantal Manes va turli davlatlarning vakillari öz çiqişlari bilan iştirok etişdi.