Özbekistonda öxşaşi işlab çiqarilmaydigan çetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona boji va QQS böyiça imtiyozlar beriş mexanizmi joriy etiladi. Bu haqda Norma xabar berdi.
Özbekistonda öxşaşi işlab çiqarilmaydigan çetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar quyidagilarni tölaşdan ozod etiladi:
bojxona bojini tölaşdan. Şuningdek imtiyoz butlovçi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib beriş kontrakti şartlarida ularni yetkazib beriş nazarda tutilgan bölsa tatbiq etiladi. Olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e'tiboran 3 yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilişi bojxona bojlarini tölaş majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi;
qöşilgan qiymat soliğidan.
Uşbu imtiyozlar tegişli röyxatga kiritilgan asbob-uskunalarga nisbatan qöllaniladi. Buni inobatga olgan holda, hukumat tomonidan amaldagi röyxatni qayta körib çiqiş va 2021 yil 1 yanvarga qadar yangidan şakllantirilgan röyxatni tasdiqlaş uçun kiritiş vazifasi topşirildi. Bunda:
2017-2019 yillarda import qilingan texnologik asbob-uskunalarning nomenklaturasi va ularning öxşaşi respublikada işlab çiqarilişi mavjudligini örganiş natijalari asosida yangi röyxat şakllantiriladi;
yangilangan röyxatda asbob-uskunalarning 10ta raqamdan iborat TIF TN kodi va asosiy parametrlari körsatiladi (hozirda ayrim pozitsiyalar böyiça 4, 6 va 9ta raqamli kodlar körsatilgan);
Bundan taşqari, röyxatga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş tartibi belgilandi. U quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi öxşaş texnologik asbob-uskunaning işlab çiqarilişi respublikada mavjudligi/mavjud emasligi töğrisidagi xulosa beriş maqsadida ariza beruvçining murojaatiga asosan ekspertiza ötkazadi. Ekspertiza bir oy muddatda bepul ötkaziladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi markazning ötkazilgan ekspertiza yakunlari böyiça va zarurat bölganda, biroq har çorakda kamida bir marta umumlaştirilgan ma'lumotlarni Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, DBQ, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, SSP va «Özstandart» agentligiga körib çiqiş uçun yuboradi. Ular tomonidan ma'lumotlarni körib çiqiş muddati 10 kalendar kundan oşib ketmasligi lozim;

















