Agentlik xabariga köra, 2019 yilning iyul oyida “Unitel” MÇJ tomonidan abonentlarning “Xabardor böl” xizmatiga bepul promo-davrga (10 va 30 kunga) ulanişi böyiça promo-aksiya ötkazilişi töğrisida e'lon berilgan. Uşbu promo-aksiya mazkur xizmatga ulanmagan abonentlar uçun möljallangan. Biroq, bepul davr tugaşi bilan uşbu xizmat avtomatik ravişda öçirilmagan (promo-aksiya şartlariga köra). Örnatilgan narx böyiça kunlik 240 söm miqdorida abonentlarga hisoblangan.
Qayd etilişiça, uşbu promo-aksiyaga umumiy hisobda 3,2 milliondan ortiq abonent ulangan bölib, ulardan 1,2 millionga yaqini tomonidan mazkur xizmat mustaqil ravişda öçirilgan. 2020 yil may holatiga uşbu xizmat deyarli 1,3 million abonentda yoqilgan holatda bölişda davom etgan.
“Agentlikning maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 3 iyul sanasida “Unitel” MÇJga nisbatan “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun 21-moddasi hamda Mobil aloqa xizmatlarini körsatiş qoidalarining 25- va 26-bandlari buzilişi yuzasidan qaror qabul qilindi va körsatma berildi.
Körsatma, promo-aksiyani ötkaziş davomida “Xabardor böl” xizmatiga bepul ulangan va aksiya tugaganidan söng xizmat avtomatik ravişda öçirilmagan abonentlarga mazkur xizmatni öçiriş va körilgan zararni qoplaş böyiça talablardan iborat bölib, har bir abonent hisobidan “Xabardor böl” xizmati doirasida ortiqça yeçilgan mablağ uning hisobiga qaytarilişi bilan qoplanişi közda tutilgan.
“Unitel” MÇJ özining qonuniy huquqlaridan foydalangan holda, şu yilning avgust oyida Toşkent şahar Şayxontohur tuman ma'muriy sudiga agentlik körsatmasini haqiqiy emas deb topiş töğrisida murojaat qilgan edi. Natijada, sud “Unitel” MÇJning talabini rad etiş va agentlik körsatmasini öz kuçida qoldiriş böyiça qaror qabul qildi.
Biroq, joriy yilning oktyabr oyida kompaniya Toşkent şahar ma'muriy sudiga apellyatsiya da'vosi bilan qayta murojaat qildi. Ma'muriy sud ham agentlikning körsatmasini haqiqiy deb topib, kompaniya apellyatsiyasini rad etdi.
Şu yilning 13 noyabr kuni “Unitel” MÇJ özining beeline.uz rasmiy saytida 26 noyabrdan boşlab, 2019 yil promo-aksiya davomida aksiyaga ulangan abonentlarda “Xabardor böl” xizmati öçirilişi töğrisida e'lon qildi”, — deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanişiça, agentlik tomonidan qözğatilgan iş böyiça 9 oy davom etgan munozara iste'molçilar foydasiga hal etildi. Bugungi kunga kelib, Beeline Uzbekistan abonentlariga yetkazilgan zarar 20 milliard sömdan ortiq miqdorda baholanmoqda. Kompaniya tomonidan uşbu mablağlar abonentlar hisobiga qaytarilişi boşlandi.













