Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabarida aytilişiça, qarorga muvofiq davlat iştirokidagi korxonalar ijro etuvçi organi faoliyati samaradorligini baholaş tizimi takomillaştiriladi. 

Jumladan:

korxona faoliyati samaradorligini baholovçi asosiy körsatkiçlarga qöşimça tarzda sof tuşum va sof foyda prognozi, tannarxni kamaytiriş, çet el valutasiga bölgan mustaqillik, mahalliylaştiriş va investitsiya dasturlarining hamda eksport hajmining bajarilişi, işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş va energiya samaradorligi kabi muhim körsatkiçlar (SMK) joriy etiladi;

SMKning salmoq ölçovlari qat'iy belgilanadi;

SMK natijalari agentlik veb-saytida joylaştirilmagan yoki "qoniqarsiz" yoxud "past" bölganda ijro organi rağbatlantirilmaydi;

SMK "yuqori" bölgan korxona va banklar rahbarlariga yil yakuni böyiça sof foydadan 5 foizgaça bölgan miqdorda bir martalik bonus berilişi mumkin;
     
moliyaviy hisobotlarni şakllantiriş va topşiriş muddatidan qat'iy nazar, davlat iştirokidagi korxonalar har çorakda SMKni hisoblaydi va e'lon qiladi.
    
Ikki oy muddatda energiya siğimi va energiya samaradorligiga oid boşqa indikatorlar işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

2021 yil 1 fevralga qadar davlat iştirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi uluşini, ularning YaIM, eksport hajmlari, asosiy kapitalga investitsiyalar şakllanişi, işlab çiqarişdagi va aholi bandligidagi uluşlarini hisoblaş tizimi yölga qöyiladi.

2021 yil 1 martga qadar davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan ilğor xalqaro tajriba va standartlar asosida korxona faoliyati davomiyligini (business continuity) ta'minlaşga qaratilgan hujjatlar va körsatkiçlar işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.