Bugungi kunda davlatning iqtisodiyotdagi iştiroki darajasini kamaytiriş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş va bozorda raqobat muhitini şakllantiriş mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning eng muhim yönalişlardan biri hisoblanadi.

Nima ehtiyoj bor edi?
Davlat boşqaruvi tizimining samaradorligini tahlil va monitoring qiliş Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan nisbatan yangi vazifa hisoblanadi. Mazkur vazifa doirasida keyingi ikki yilda vazirlik tomonidan 77 ta idora faoliyati örganildi va tahlil qilindi. Natijasi böyiça 17 ta loyiha, 187 ta taklif işlab çiqildi.
Şuni qayd etiş kerakki, pandemiya barça davlatlar oldiga davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş, maqbullaştiriş, samaradorligini oşiriş böyiça yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş, ayrim sohalarda iştirokini tanqidiy köriş masalasini dolzarb masala sifatida qöymoqda.
Bunda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga ötkaziş boşqaruv samaradorligini oşirişda istiqbolli yönaliş sifatida e'tirof etilmoqda. Şuni tan oliş kerakki, uşbu sohada mamlakatimizda yeçimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud edi. Ularning sirasiga iqtisodiyot tarmoqlarida davlat funksiyalarini amalga oşirişda xususiy sektorning iştiroki pastligi, davlat funksiyalarini xususiy sektorga ötkazişning aniq tartibi hamda zarur talab va şartlari belgilanmagani va davlat organlarini saqlaş xarajatlari yuqoriligini kiritiş mumkin.
Xorijiy tajriba
Xorijiy tajriba şuni körsatmoqdaki, davlatning iqtisodiyotdagi iştiroki darajasini kamaytirişning eng asosiy va samarali yöllaridan biri, bu davlat funksiyalarini bosqiçma-bosqiç xususiy sektor sub'yektlariga ötkazişdir.
Jahon miqyosida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, ya'ni AQŞ, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur – davlat funksiyalari xususiy sektorga ötkaziş darajasi yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi.
Uşbu mamlakatlarda köplab davlat funksiyalari xususiy sektorga ötkazilganligi natijasida ularning yalpi içki mahsuloti körsatkiçi oşişiga ham olib kelmoqda. Bunda tadbirkorlikning yangi yönalişlari yaratilişi orqali xususiy sektor tomonidan yangi iş örinlari barpo etilmoqda va budjetga soliqlardan tuşum ortmoqda. Misol uçun, AQŞ iqtisodiyotida yalpi içki mahsulotning 72 foizi xususiy sektor uluşiga töğri keladi.
















