O‘zbekiston | 08:40 / 11.12.2020
2034
2 daqiqa o‘qiladi

DXA yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi 

Prezidentning “Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Foto: Kun.uz / arxiv

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi, bundan nodavlat-notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mustasno.

Belgilanishicha, 2021 yil 1 martdan boshlab:

  • davlat organlari, davlat muassasalari, banklar va kredit byurolari, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, matlubot kooperativi, ishlab chiqarish kooperativi, qishloq xo‘jaligi kooperativlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
  • xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Agentlik tomonidan internet tarmog‘i orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda OITSga qarshi kurash markazi xulosasi talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

Quyidagilar:

  • Ayrim turdagi ma'lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun mas'ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati;
  • 2021 yil 1 apreldan Toshkent shahrida, 2022 yil 1 yanvardan butun respublika bo‘yicha faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;
  • 2021 yil 1 apreldan fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining xohishiga ko‘ra natijasi pochta aloqasi orqali yetkaziladigan davlat xizmatlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Mavzuga oid