Italiyaning sport avtomobillari işlab çiqaruvçi Ferrari NV kompaniyasi boş ijroçi direktori Lui Kamilleri koronavirus yuqtirib şifoxonaga yotqizilganidan söng kutilmaganda iste'foga çiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

 Kamilleri şuningdek, Ferrari direktorlar kengaşi tarkibidan ham çiqib ketgan. 

 Bundan taşqari, u Philip Morris International Inc kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi lavozimini ham tark etgan. 

 Ferrari va Philip Morris Kamilleri “şaxsiy sabablar” tufayli iste'foga çiqqanini ma'lum qildi.

 Kamilleri Ferrari rahbarligiga 2018 yilda, kompaniya boş ijroçi direktori Serjio Markionne vafot etganidan söng kelgandi.