Oliy Majlis deputati, «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan Özbekistonning bir qator mahsulotlariga taqiqlar joriy etilganiga munosabat bildirdi.

«Rosselxoznadzor» tomonidan virus aniqlangani vaji bilan Farğona, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlariga import taqiqining qöyilişi respublika eksport hajmlariga jiddiy ta'sir ötkazmaydi.

Ammo, bugun dunyodagi geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar özgaruvçan xarakterga ega. Bunday harakatlar taşqi bozorlarimizni diversifikatsiyalaşga jiddiy e'tibor qaratiş va Jahon savdo taşkilotiga a'zolikni tezlaştiriş lozimligini yana bir bor eslatmoqda», – deb yozdi Bekmurodov Telegram'dagi kanalida.

Bobur Bekmurodov / Foto: KUN.UZ

Eslatib ötamiz, «Rosselxoznadzor» 26 noyabrdan boşlab Farğona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir import qilişni taqiqladi. Bunga sabab sifatida Farğonadan olib kelingan bu ikki mahsulotda pomidorning jigarrang burişiş virusi (Tomato brown rugose fruit virus) topilgani aytildi.

27 noyabrda «Özdavkarantin» inspeksiyasi uşbu virus Özbekiston hududida hozirga qadar biror marta aniqlanmaganini ma'lum qildi.

Öz navbatida, Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi ToBRFV virusi YeOIIning karantinli organizmlar reyestrida yöqligiga e'tibor qaratdi.

7 dekabr kuni «Rosselxoznadzor» Farğona viloyatidan import qilinadigan barça ösimlik mahsulotlariga taqiq kiritdi. Bunga uşbu hududdan keltirilgan 1 tonna quritilgan örikda 2ta liçinka şaklidagi kaper qönğizi topilgani vaj sifatida keltirildi