Misol uçun, viloyat «Milliy bank» xodimi bank omonatçilarining hisob raqamidan jami 90ta holatda 7,7 mlrd söm, 607 ming AQŞ dollari va 1 461 yevro miqdordagi omonat pul mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.

Şuningdek, «Agrobank» Çelak filiali xodimi kredit ajratişni sörab bankka murojaat qilmagan fuqarolar nomiga 30 mln söm miqdorda mikroqarz krediti ajratib, plastik kartoçkasiga tuşirib, özlaştirib yuborgan.

Bundan taşqari, prokuratura ijtimoiy loyihalarga ajratilgan budjet mablağlari ham özlaştirib yuborilganini ma'lum qildi. 

Jumladan, «Ipoteka bank» Köksaroy filiali «Juma» mini-banki mudiri bankning boşqa mansabdor şaxslari bilan jinoiy til biriktirib, davlat dasturi asosida baliqçilik va aholi tadbirkorligi uçun ajratilgan 6 mlrd  995 mln sömlik kredit mablağlarini talon-toroj qilgan.

Viloyat prokuraturasiga köra, budjet va budjetdan taşqari maqsadli jamğarmalar nazoratiga mas'ul bölgan tizimining özida ham budjet mablağlarini tap tortmasdan talon-toroj qiliş holatlari hamon uçramoqda.

Masalan, budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Tayloq tuman bölimi mansabdor şaxslari noqonuniy ravişda 10ta holatda 111 mln sömlik pensiya mablağlarni özida bölgan plastik kartasiga ötkazib, özlaştirib yuborgan.