Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) tomonidan BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissarlari boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Özbekistondagi loyihalari koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro qamoqxonalar islohoti nodavlat taşkiloti kömagida taşkil etilgan uşbu tadbirda inson huquqlari sohasidagi milliy va xalqaro taşkilotlarning közga köringan vakillari, xorijiy davlatlar ombudsmanlari, inson huquqlari faollari iştirok etişdi.

Tadbirda ombudsman faoliyatini raqamlaştiriş, pandemiya şaroitida aholi murojaatlari bilan işlaş, inson huquq va erkinliklarini ta'minlaşning innovatsion usullari, boşqa davlatlardagi ombudsmanlar va inson huquqlari böyiça milliy institutlar bilan özaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda inson huquqlari sohasidagi nufuzli xalqaro taşkilotlarning ekspertlari Özbekistondagi sohaga oid özgarişlarni e'tirof etgan holda qilinişi kerak bölgan islohotlar, mavjud muammolar haqida ham töxtalişdi.

Uluğbek Muhammadiyev

«Onlayn konferensiyamizni ombudsman faoliyatini raqamlaştiriş, inson huquq va erkinliklarini ta'minlaş hamda himoya qilişning innovatsion mexanizmlari muhokamasiga bağişladik. Bunga sabab – pandemiya sababli dunyo miqyosida juda köp muammolar yuzaga keldi. Ya'ni insonlar örtasidagi muloqot, insonlar va davlat idoralari, hukumat örtasidagi munosabatda murakkabliklar, [ayrim huquqlarni] çeklaşlar yuzaga keldi. Bu albatta köplab mamlakatlarda aholining noroziliklariga sabab böldi.

Bugun konferensiyada fuqarolar murojaati bilan işlaşda raqamlaştirişning ahamiyati qandayligi haqida söz bordi. Ya'ni pandemiya şaroiti sabab insonlar örtasidagi muloqot çeklanar ekan, demak, ular axborot texnologiyalaridan foydalangan holda turli idoralarga murojaat qilişda davom etişi, özlarining muammolari, şikoyatlarni yetkazişi zarurligi haqida fikr almaşdik.