BMT TD loyihasi matbuot kotibining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ishga tushirilayotgan yangi qo‘shma dastur O‘zbekiston hukumatiga qashshoqlikni kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tengligini targ‘ib qilish va samarali boshqaruvni ta'minlashga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini moliyalashtirishning umumiy tuzilmasini mustahkamlashda yordam beradi.
Shu kunlarda boshlangan «O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmi (MBMM)» loyihasi dastlab 2022 yil oxirigacha davom etadi va O‘zbekiston Moliya vazirligi binosida joylashadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi ushbu qo‘shma dasturga tashkilotning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
BMTning doimiy koordinatori Helena Freyzerning aytishicha, BMTning hukumatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ushbu qo‘shma dasturi uchun vaqt juda to‘g‘ri tanlangan, chunki mamlakat COVID-19 pandemiyasidan qutulishga intilmoqda.
«Ushbu qo‘shma dastur hukumatga muqarrar ravishda moliyaviy oqimlarning pasayishiga olib keladigan narsalarni o‘zgartirishga, hukumatning BRMning ulkan maqsadlariga erishish bo‘yicha tezkor yechimlarni topishga yordam beradi va bunda ayniqsa sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga alohida e'tibor qaratiladi», dedi Helena Freyzer.
Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ta'kidlashicha, barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lajak mablag‘ miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun har tomonlama baholashlarni amalga oshirish zarur.
«Biz O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmini yaratish bo‘yicha ushbu qo‘shma dastur bu masalada bizga yordam beradi deb umid qilamiz», — dedi u. Qo‘shimcha qilinishicha, hukumat rivojlanish bo‘yicha milliy ustuvor vazifalarga va BRMga erishish uchun turli manbalardan, shu jumladan, davlat budjeti va tashqi qarzlarni o‘z ichiga olgan moliyalarni jalb qilmoqda.
BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta'kidlashicha, MBMM O‘zbekistonning milliy rivojlanish strategiyasi va ularni moliyalashtirishni Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqlashtirishga imkon beruvchi keng qamrovli asosdir.
«Dastur davlat va xususiy moliyalashtirish bo‘yicha yechimlarini ishlab chiqadi va mavjud mablag‘lardan samarali foydalangan holda yangi resurslarni jalb qilishga yordam beradi.














