Bosniya va Hersegovina hukumati vakillari mamlakatga taşrif bilan kelgan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşişdan boş tortişdi.
Qayd etilişiça, Rossiya taşqi işlar vaziri 15 dekabr kuni Bosniya va Hersegovina prezidumi vakillari Milorad Dodik, Şefik Jaferoviç va Jyelko Komşiç bilan uçraşuv ötkazişi belgilangandi. Ammo Jaferoviç va Komşiç u bilan uçraşişni istamagan.
Ular uşbu qaror böyiça bergan rasmiy izohlarida Lavrovning 14 dekabr kuni Deyton kelişuvi böyiça aytgan qator sözlariga qöşilmasliklarini bildirişgan. Prezidium a'zolarining sözlariga köra, rossiyalik vazirning aytgan gaplari Bosniya va Hersegovina pozitsiyasiga mutlaqo ziddir.
Lavrov 14 dekabr kuni Bosniya va Hersegovina prezidiumining serb a'zosi Milorad Dodik bilan uçraşuv yakuniga bağişlangan matbuot anjumanida ayrim ğarb davlatlari Deyton kelişuvini buzişga urinayotgani, bu jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini aytgandi. Uning ta'kidlaşiça, mamlakatda yuzaga kelgan barça muammolar uşbu kelişuvga muvofiq va taşqaridan heç kimning aralaşuvisiz hal qilinişi lozim.
Deyton kelişuvi 1995 yil noyabrda Deyton şahri yaqinidagi Amerika harbiy bazasida imzolangan hamda Bosniya va Hersegovinadagi fuqarolar uruşiga çek qöygan.

















