Tarixiy saroy devorining bir qismi buzilişi jamoatçilik e'tiroziga sabab böldi. Köp ötmay Madaniyat vazirligi va «Içan-qal'a» davlat muzey qöriqxonasi rasmiylari bir-biriga zid bayonotlar bilan çiqiş qildi.

Madaniyat vazirligi rekonstruksiya uçun ilmiy-ekspert kengaşidan xulosa olinmaganini aytgan bölsa, «Içan-Qal'a» muzey-qöriqxonasi ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganov loyiha va smeta avgust oyida vazirlikka topşirilganini ma'lum qildi.

Xudoyberganov Kun.uz muxbiriga bergan izohida 4 oy ötgan bölsa-da vazirlikdan javob kelmagani, devordagi oğiş tezlaşgani bois rekonstruksiyani boşlaşga majbur bölişganini ta'kidladi.

Madaniyat vaziri örinbosari – Madaniy meros departamenti boşliği Kamola Akilova ilmiy kotibning bu sözlarini inkor qildi.

«Komiljon Xudoyberganovning sözlari töğri emas. Madaniyat vazirligiga loyiha emas, balki xarajatlar smetasi taqdim qilindi. Aslida oldin loyiha qilinişi, u ma'qullanganidan keyin xarajatlar smetasi tayyorlanişi lozim. Biz ularga loyiha taklifi kengaşga taqdim etilsin, deb javob berganmiz. Ammo loyiha taqdim qilinmadi», – dedi Akilova 15 dekabr kuni Zoom orqali bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbirining savoliga javoban.

Kamola Akilova  / 15 dekabr kungi matbuot anjumani / Foto: Madaniyat vazirligi

Ma'lumot uçun, «Içan-Qal'a» davlat muzey-qöriqxonasidagi har qanday ta'mirlaş-tiklaş işlari Madaniy meros departamenti qoşidagi Ilmiy-ekspert kengaşi xulosasi asosida bajarilişi va YuNESKO bilan kelişilişi zarur.

Boş vazir örinbosari, YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda voqeaga munosabat bildirib, madaniy meros obektlari muhofazasi tizimini qayta körib çiqiş kerakligini aytdi.