Oliy Majlisning uç nafar deputati yöl harakati qoidalari buzilişiga oid ayrim javobgarlik çoralarini yengillaştirişni taklif etmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, deputatlar – E.Salixov, F.Aşmatov va K.Tojiyev işlab çiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:
- Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblaşning «eng kam» va «eng köp» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qöllaş;
- takroran sodir etilgan ba'zi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytiriş;
- ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib çiqqan holda belgilaş.
Bundan taşqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda:
- avtotransport vositalarini röyxatdan ötgan hududidan qat'i nazar, respublikaning istalgan hududida texnik körikdan ötkazişga ruxsat beriş;
- haydovçilik guvohnomalarini beriş jarayonlarida inson omilini kamaytirişga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş;
- haydovçilik guvohnomalarini yöqotgan (öğirlangan, yonğin, tabiiy ofat oqibatida va boşqa hollarda) şaxslarga dublikat beriş tartibini soddalaştiriş.
Işlab çiqilayotgan qonun loyihalari Qonunçilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamalaridan söng, Qonunçilik palatasi yalpi majlislarida uç öqişda körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, Qonunçilik palatasining Mudofaa-xavfsizlik qömitasi deputatlari töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun jarimalarni kamaytirmoqçi. Bunday qoidabuzarlik neça marta sodir etilişidan qat'i nazar, jarima BHMning 1 baravari etib belgilanişi mumkin.

















