Qayd etilishicha, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi vazifasida ishlab kelgan Salohiddin G‘ulomjonovich Yusupov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Salohiddin Yusupov o‘z faoliyati davomida Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.