Walmart tarmoği asosçisining merosxörlari bölgan Uoltonlar oilasi AQŞning eng boy oilasi deb topildi. Forbes jurnali e'lon qilgan reytingdan örin olgan 50 oilaning umumiy boyligi 1,2 trillion dollarga teng.

Walmart aksiyalarining yarmiga egalik qiluvçi Uoltonlarning boyligi 247 milliard dollar deb baholanmoqda. Korporatsiya asosçisi Sem Uoltonning uç farzandi — Elis, Jim va Rob dunyoning eng boy biznesmenlari yigirmataligidan örin olgan.

Reytingning ikkinçi poğonasidan boyligi 100 milliard dollar bölgan Koxlar oilasi joy oldi. Ular savdo, infestitsiya, neftni qayta işlaş, kimyo sanoati, sun'iy tola va plastmassa işlab çiqariş bilan şuğullanadigan Koch Industries kompaniyasining 84 foiz aksiyasiga egalik qiladi.

Uçinçi öringa Marslar oilasi joylaşdi. Oziq-ovqat mahsulotlari va şokoladlar işlab çiqaruvçi kompaniya egalarining umumiy boyligi 94 milliard dollar deb baholandi.

Avvalroq dunyodagi milliarderlarning boyligi bir yil içida deyarli 2 trillion dollarga köpaygani xabar qilingandi.