Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xivadagi Toş hovli saroyi devorining bir qismi amaldagi tartibga zid ravişda buzilganiga munosabat bildirdi.

Kun.uz muxbirining xabariga köra, vazir holatni prokuratura örganayotganini ma'lum qilgan.

«YuNeSKO röyxatiga kiradigan uşbu obidaning devorlari buzilişi böyiça prokuratura xodimlari tegişli işlarni olib borişyapti. Bu – jinoyat va tez orada bunga aloqador barça jinoyatçilarga tegişli çoralar köriladi.

Lekin buning özi yetarli bölarmikan? Bizda avvalo madaniy merosga bölgan munosabatni özgartiriş kerak. Toki jamiyatda tarixiy obidalarni asrab-avaylaş muhiti şakllanmas ekan, 50 yildan keyin ham har gal bu holat takrorlanganda «Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?» degan savollar aylanaveradi», – dedi Nazarbekov Toşkent yoşlar forumi doirasida ötkazilgan «Toşkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030» mavzusidagi muloqotda.

Eslatib ötamiz, 1832–38 yillarda qurilgan saroy devorining bir qismi 2020 yil dekabr oyida buzildi.

Içan-Qal'a mas'ullari buni devordagi oğiş bilan izohlab, devordan olingan ğiştlar «butunligiça öz örniga qaytarib terilişi»ni aytmoqda.

Madaniy meros departamenti esa restavratsiya loyihasi ilmiy-ekspert kengaşidan ötkazilmaganini ma'lum qilgan.