U agar holat şunday davom etaversa, mamlakatda heç qanday turizm qolmasligini ta'kidlagan.
“Madaniy meros obektlarini saqlaş, ularga yondaşuv böyiça mutlaqo yangi tizim işlab çiqilişi kerak. Agar holat şu taxlitda davom etaversa, heç qanday turizm ham qolmaydi.
Madaniy meros obektlariga eng köp mahalliy aholi tomonidan zarar yetkaziladi. Mamlakat böylab minglab qörğonlar bor. Ular hali örganilmagan. Odamlar bilmasdan uning ustiga ekin ekadi, haydaydi. Tuproğini qazib olib, qurilişga işlatadi yoki ekin maydoniga aylantiradi. Arxeologlar, olimlar, ekspertlar bularni borib örganişi, şundan söng ularning çegarasini aniq belgilab, kadastr hujjatlari tayyorlanişi lozim.
Bu juda ham jiddiy masala. Hammasini faqat Madaniyat vazirligining öziga taşlab qöyib bölmaydi. Barça ekspertlar birlaşib, yangi tizim işlab çiqilişi kerak. Şuningdek, jamoatçilik nazoratini ham kuçaytiriş lozim”, dedi Abduhakimov “Toşkent yoşlar forumi – 2020” tadbiri doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida.
Şuningdek, qömita raisi yaqinda Xivadagi Toş hovli saroyi bilan kuzatilgan holat haqida ham töxtaldi.
“Bu böyiça iş prokuraturaga taqdim etilgan. Aybdorlar javobgarlikka tortiladi. Afsuski, bu kabi holatlar birinçi marta bölayotgani yöq. Yaqinda Surxondaryodagi Kampirtepa yodgorligida ham şunaqa holat kuzatilgandi.
Açinarlisi, bular hali közga taşlanayotgan holatlar. Körmay qolayotganimiz qança?! Muammoga tizimli yondaşiş kerak, aks holda bunaqa holatlar davom etaveradi. Kerak bölsa, har bir madaniy meros obektiga videokamera örnatilişi lozim”, deya ta'kidladi boş vazir örinbosari.
Eslatib ötamiz, Xiva şahridagi Toş hovli saroyining devori xususiy korxona tomonidan buzilganligi, YuNeSKO röyxatidagi saroyda ötkazilayotgan ta'mirlaş işlari uçun Madaniy meros departamentidan ruxsat olinmaganligi haqida xabar berilgan edi.

















