Nufuzli Fortune naşri an'anaviy «Yil tadbirkori» nominatsiyasining 2020 yil böyiça reytingini e'lon qildi.

AQŞning eng muvaffaqiyatli ayol tadbirkorlaridan biri Trisia Griffit reytingning 10-örnidan joy olgan.

2018 yilgi reytingga ham kirgan Griffit xonim muvaffaqiyatli faoliyatini inqirozli 2020 yilda ham davom ettirib, Progressive suğurta kompaniyasida a'lo natijalarga erişdi. Sönggi 12 oy mobaynida kompaniyaning foydasi 61 foizga ortgan. U 2016 yili boş menejyer bölib kelgan kompaniyaning birjadagi qiymati esa qariyb uç barobarga qimmatladi.

9-örindan dunyoning gigant tölov tizimlaridan biri MasterCard’ning SeÖsi Ajay Banga joy oldi.

Uning boşqaruvi mobaynida kosmik moliyaviy körsatkiçlar qayd etildi. Yillik örtaça ösiş 19 foizni taşkil qilgan bölsa, umumiy aylanma kapital 40 foizga oşdi. Aksionerlarga 1600 foizlik dividentlar tölab berildi.

Haydarobodlik Şantanu Narayon reytingning 8-örniga joylaşdi.

Dizayn va montaj dasturlari işlab çiqariş yetakçisi Adobe Narayon boşçiligida ösişda davom etdi. Kompaniya joriy yilning 3-çoragida foyda 14 foizga oşganini ma'lum qildi. Adobe’ning asosiy foydasi PDF şaklidagi hujjatlarga işlov beriş va dizayn qiliş dasturlarini yaratadigan raqamli media segmenti orqali işlab topdi.

7-örin dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosga nasib etdi.

Pandemiyada lokdaun tufayli onlayn xaridlarga talab keskin ortib ketgani tufayli Amazon kompaniyasi bu yili 400000 iş örni yaratdi. Kompaniya sönggi çorakda 100 milliard dollar daromad qildi. Amazon’ning bozordagi kapitalizatsiyasi esa 1 trillion 600 milliard dollardan ortib ketdi.