Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Jahongir Ortiqxöjayev turli davrlarda Toşkent şahrida davlat taşkilotlari va hokimiyat ehtiyojlari uçun buzib taşlangan xususiy mulk egalariga qarzdorlikni qaytariş böyiça savolga javob berdi.
«Snos böyiça… Albatta, heç qörqmasdan aytişim mumkinki, bu yil Toşkent şahar hokimligi 2005 yildan boşlab buzilib ketgan mulklarning pulini töladi. Özbekiston tarixida bir yilda bunça kompensatsiya tölanmagan, bu yil 700-800 milliard sömga yaqin mablağimiz pul körinişida, yer beriş körinişida «snos» uçun tölovlarga ketdi.
Aytmoqçimanki, bizning hisoblarimiz bor, kelasi yilning oxirigaça joyi buzilgan birorta ham odam tölovsiz qolmaydi. 2021 yilda 2005 yildan bugungaça buzilgan hamma binolar adolatli bölsa, narx tafovuti töğri bölsa yoki sud qarori bölsa puli tölanmasdan qolmaydi. Pulini beramiz yoki yer körinişida beramiz. Yerini berolmasak, boşqa mulk körinişida beramiz.
Bundan taşqari, endi davlat ehtiyojlari uçun buziladigan bölsa, oldin kerakli kompensatsiyasi beriladi. Qölimizda yetarli pulimiz yoki yerimiz bölganidan keyin egasining roziligi bilan buzişga qaror qilamiz. Oldingidagi kabi [qonunsiz xususiy mulklarni buziş - «snos»] işlarni qilmaslikka harakat qilamiz. Oldimizga şu maqsadni qöydik», - dedi Toşkent şahar hokimi.
















