Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Jahongir Ortiqxöjayev poytaxtda yuzlab köp qavatli yangi uylar qurilayotganiga qaramasdan  uylarning narxi nega pasaymayotganiga izoh berdi.

«Köpçilik norozi böladi, hamma yoq quriliş, qum va çang bölib ketdi, deb. Agar bugungaça şaharda ommaviy qurilişlarni qilmaganimizda bugungi narxlar ham bölmasdi. Biz 2-3 yil avval yaqin orada uylarning narxi 1 kvadrat metrga 1,5 million sömdan kam bölmasligini taxmin qilganmiz. Xabaringiz bölsa, şaharda uylarni 2-3 ta kompaniya qurardi. Uylarni sotiş ofislari bölmas edi, qanaqadir taniş topişingiz kerak edi. Qaysidir ofislarga çiqardingiz, tortmani oçardi… 50 foizini qöying, bitganda olasiz derdi.

Hozir esa borasiz, qaysi tarafdan tanlaysiz, quyoşga qaragan bölsinmi, qaysi qavatdan bölsin deydi. Kataloglarini körib tanlaysiz. Hozir 10 foizini tölaysiz, hatto 3 yil içida bölib tölab borasiz degan narsalar ham paydo böldi», - deydi Ortiqxöjayev.

«Aytmoqçimanki, qurilişni öz vaqtida jadallaştirganimiz uçun şu narxlar bor. Agar qurilişni töxtatib qöysak, Toşkent şahrida «propiska rejimi» bekor qilingani hisobiga ham narxlarning keskin oşişi, uylar yetişmovçiligi kuzatiladi. Şuning uçun biz bugun tezda katta-katta loyihalarni qilişga majbur bölmoqdamiz. Uylar qimmatlaşgani sari kamroq daromadli oilalarning uy sotib oliş darajasi keskin kamayib ketadi”, - qöşimça qildi hokim.

Ortiqxöjayevning ma'lumot berişiça, aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş maqsadida 2020 yilda Toşkent şahrida jami 8 ming 444 ta xonadondan iborat 125 ta köp qavatli uylar qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilgan.