Shu maqsadda Britaniya hukumatining favqulodda qo‘mitasi Cobra 21 dekabrda yig‘iladi. Bu haqda Jonsonning vakiliga tayanib AR axborot agentligi xabar berdi.
“Bosh vazir Cobra’ning yig‘ilishiga raislik qiladi. Unda xalqaro tashuvlar masalalari, jumladan Britaniyaga va undan yuklarning barqaror oqimi muhokama qilinadi”, deb ma'lum qilgan Jonsonning vakili.
Ayni vaqtda ko‘plab davlatlar Britaniyada koronavirusning yuqumliroq turi tarqalayotgani sababli mamlakat bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qildi.
Ma'lum qilinishicha, infeksiyaning yangi turi, shuningdek, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, JAR va Italiyada qayd qilingan.











