Prezidentning “Aholiga psixologik xizmat körsatiş va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar respublikada psixologik xizmat körsatiş va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilanişi mumkin:

  • mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yangilaniş, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib çiqqan holda psixologik xizmatlarning samarali şakllari hamda uslublarini işlab çiqiş va joriy etiş;
  • yoşlar tarbiyasining ta'sirçan mexanizmlarini işlab çiqiş, şaxsning ma'naviy kamol topişida psixologik qöllab-quvvatlaş, yoşlarning mustaqil ongli kasb tanlaşi va özining şaxsiy kasbiy rejalarini şakllantirişga şaroitlarni yaratişga psixologik kömaklaşiş;
  • iqtidorli yoşlar salohiyatlarini namoyon etişlariga kömaklaşiş, ularning biliş faoliyati va qiziqişlarini boyitiş, dunyoni idrok etişning universal usullarini şakllantiriş uçun psixologik yordam tizimini yaratiş asosida ularni psixologik qöllab-quvvatlaş;
  • aholiga psixologik xizmatning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta'minlovçi me'yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratiş, jumladan, onlayn psixologik xizmatlar körsatişni yölga qöyiş;
  • aholi baxtlilik darajasi, soğliqni saqlaş, xususan mental salomatlik, stressdan himoyalaniş yönalişidagi tadqiqotlarni amalga oşiriş;
  • favqulodda holatlar şaroitida psixologik xizmat körsatiş, hayot faoliyatida oğir psixologik holatlarga tuşib qolgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan trening-reabilitatsiya dasturlarini işlab çiqiş va joriy etiş;
  • bolalarning maktabgaça bölgan davri rivojlanişi, idrok, ong va xulq-atvor, kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohasidagi ilğor tajribalarni özlaştiriş va ommalaştiriş;
  • psixologik ma'rifat va maslahat beriş faoliyatini tizimli taşkil etiş, uning uzluksiz metodik ta'minotini yaratiş;
  • tibbiy va klinik psixologiya, psixolingvistika, psixogenetika, boşqaruv psixologiyasi, savdo psixologiyasi, gerontopsixologiya, kross-madaniy psixologiya, mehnat psixologiyasi, taşkiliy psixologiya kabi dolzarb yönalişlarda kadrlar tayyorlaşni rivojlantiriş;
  • psixologiya sohasida zamonaviy öquv, ilmiy va ommabop adabiyotlarni tayyorlaş, naşr etiş va ommalaştiriş işlarini tizimli yölga qöyiş;