“Dunyo” AAning xabar berişiça, Afğoniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvçi Tohir Zuhayr Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev bilan birgalikda Qobuldagi Zahiriddin Muhammad Bobur boğ-muzeyiga taşrif buyurgan.
Özbekiston delegatsiyasi a'zolarining Bobur boğ-muzeyiga taşrifi davomida ularga Afğoniston rasmiy vakillari hamrohlik qilgan. Suhbat davomida asosiy diqqat-eʼtibor madaniy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari istiqbollariga qaratildi.
Bundan taşqari, Özbekiston delegatsiyasi özaro madaniy aloqalarni rivojlantiriş va Alişer Navoiy maqbarasini ta'mirlaş işlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida Hirot şahrida bölgani ham xabar qilingan.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari mamlakatimiz Alişer Navoiy maqbarasini ta'mirlaş va uning atrofini obodonlaştiriş böyiça Afğonistonning mutasaddi taşkilotlari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan. Şu örinda 2021 yil Alişer Navoiyning 580 yillik yubileyi Özbekistonda keng miqyosda nişonlanişi ma'lum qilingan.
Şuningdek, Afğoniston tarixiy obidalarni qayta tiklaş, xususan, Islom davri obidalarini ta'mirlaşda Özbekiston bilan hamkorlik örnatişga qiziqiş bildirgani ham ta'kidlangan.

















