Özbekiston pandemiyadan keyingi dunyoga barqaror va zarbalarga bardoşli iqtisodiyot bilan kiriş imkoniyatiga ega. Bu kelajakning kalitlaridan biri – toza energiyadir.
Elektr energiyasi taqçilligini bartaraf etiş biznes samaradorligi va ösişni ta'minlaş, iş örinlari yaratiş va qaşşoqlikni kamaytiriş uçun juda muhimdir. Markaziy Osiyodagi eng yirik energiya bozorlaridan biri sifatida, hozirda işlab çiqariş quvvati 12,9 gigavatt bölgan Özbekiston uşbu sektordagi muammolarni hal qiliş va mamlakatning energiya xavfsizligini ta'minlaş uçun juda yaxşi imkoniyatlarga ega.
Sönggi 15 yil içida Özbekistonning energiya siğimi taxminan 45 foizga kamaydi. Biroq mamlakat dunyodagi eng köp energiya sarflaydigan mamlakatlardan biri bölib qolmoqda – bu raqam qöşni Qozoğistondan 35 foiz va Germaniyadan uç baravar yuqoriroqni taşkil qiladi.
Yaxşi tomoni şundaki, Özbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati, ya'ni gidroenergetika, quyoş va şamol energiyasi mamlakatning ösib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirişi va toza energiya iqtisodiyotiga ötişini ta'minlaşi mumkin. Ammo, gidroenergetikadan taşqari, qayta tiklanadigan energiya işlab çiqariş darajasi pastligiça qolmoqda. Buni özgartiriş talab etiladi.
Qayta tiklanadigan energiya mamlakatda işlab çiqariladigan jami elektr energiyasining 85 foizini taşkil etuvçi tabiiy gazga bölgan boğliqlikni kamaytirişga yordam beradi.
Qayta tiklanadigan energetika sohasini rivojlantiriş biznes uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Şu bilan birga, Özbekiston hukumatiga 2010 yil bilan soliştirganda 2030 yilga kelib yalpi içki mahsulotning birligiga nisbatan atmosferaga çiqariladigan gaz miqdorini 10 foizga kamaytiriş böyiça öz majburiyatini bajarişda yordam beradi.
COVID-19 sababli Özbekistonda yanvar-iyun oylarida tatbiq etilgan karantin çoralarining ikki tölqini iqtisodiy faoliyatni sekinlaştirdi. Natijada YaIM ösişi 2020 yilning birinçi yarmida birinçi çorakdagi 4,1 foizdan 0,2 foizgaça pasayib ketdi. Infratuzilmadagi muammolarni bartaraf etiş va qayta tiklanadigan energiya yeçimlarini joriy etiş xalqning barqarorligini oşiriş, soğliqni saqlaş va davlat xizmatlarini körsatiş uçun resurslarni böşatiş va iqtisodiyotni tiklaşni rağbatlantiriş uçun juda muhimdir.
Hukumat allaqaçon elektr energiyasini işlab çiqariş tarkibini diversifikatsiya qiliş ustida işlamoqda va 2030 yilga qadar elektr energiyani işlab çiqarişda qayta tiklanadigan manbalar uluşini umumiy elektr energiyasining 25 foizigaça oşirişga e'tibor qaratgan.
Bunga erişiş uçun islohotlar energiya va resurslarni tejaşdagi uçta tösiqni – normativ-huquqiy va institutsional, moliyaviy va texnik tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan bölişi kerak. 2019 yil mart oyida hukumat uçta yönalişli yondaşuvni, ya'ni vertikal ravişda birlaştirilgan tizimni ajratiş, tarif islohotini va energiya işlab çiqarişga xususiy sektor sarmoyalarini jalb qilişni nazarda tutadigan ilğor va keng kölamli islohotlar rejasini taşabbus qildi.











