Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikadagi ko‘lda qayiq ag‘darilishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ugandadagi Albert ko‘lida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi qutqarib qolindi, deb xabar berdi SABC radiostansiyasi.
"Hodisa 22 dekabr kuni kechqurun, baliqchilar sohilga qaytishga tayyorlanayotganida sodir bo‘lgan. Qayiqda 47 kishi bo‘lgan. Qayiq sohilga yaqinlashganida ag‘darilib ketgan", - dedi Runga posyolkasidagi sohil xizmati xodimi Ashraf Oromo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Albert ko‘li kattaligi jihatidan Afrikada yettinchi o‘rinda turadi. Uning uzunligi 160, eni 30 km. Maksimal chuqurligi esa 51 metrga yetadi.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
18:22 / 28.11.2024