Bugun, 24 dekabr kuni Içki işlar vazirligida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasining majlisi bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, unda afv etilgan şaxslarning ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömaklaşiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan vazirliklarning axborotlari eşitildi.

Jurnalistning «Afv etilib jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan fuqarolarning ijtimoiy hayotga moslaşuvi ixtiyoriy böladimi, ular ma'lum sabablarga köra davlat taşkilotlari bilan bu borada hamkorlik qilişni xohlamasa, bunga majburlanmaydimi?” degan savoliga mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov quyidagiça javob berdi:

Rahmat Mamatov

«Fuqarolarning erkinligi Konstitutsiya bilan belgilangan, fuqarolar jazo muddatini ötab kelganidan söng heç kimni ularni majburiy işlaşga va itoat ettirişga haqqi yöq. Agar jazoni ötab çiqiş davomida sodir etgan xatti-harakati uçun sud tomonidan belgilangan 6 oylik yoki 1 yillik muddat bölsa, unda profilaktika inspektori tomonidan nazorat qilinadi.

Agar fuqaro afv etilgan bölsa, öz xohişiga köra işlaşi yoki tadbirkorligini davom ettirişi mumkin. Uning hayotiga aralaşişga heç kimning haqqi yöq».

Içki işlar vazirligi boşqarma boşliği Bahrombek Odilovning aytişiça, afv etilganlarga biriktirilgan barça idora va taşkilotlarning hammasi kömaklaşuvçi hisoblanadi.

Bahrombek Odilov

«Bizda unaqa [aralaşiş] niyati yöq, maqsad-muammosiga yordam beriş. Ular kelganidan keyin oiladagi muammosi bor, şu böyiça qöldan kelgança yordam beriş, maqsad ertaga qayta jinoyat sodir etmasin», — dedi Bahrombek Odilov.

«Bundan bir-ikki yil avval hokimliklar afv etilganlarga yordam berişda homiy topolmay qiynalardi, bu yil prezidentimiz tomonidan juda katta mablağlar ajratilmoqda. Şuning uçun muammolar bölmayapti. Avvalgi tergov yoki boşqa iş jarayonlarida ozgina nohaqliklar bölgan bölişi mumkin, şuning uçun IIV va boşqa taşkilotlardan xafa bölib, menga heç nima kerak emas deydiganlar ham bor.

Ularning oldiga boradigan işçi guruhimiz psixolog bölib ketgan, ular majburlanmaydi, balki qiladigan işiga yordam beriladi yoki hunariga mos uskuna olib beriladi. Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan bir yilga pul tölab özini-özi band qilganlik asosida mehnat staji yoziladi. Uy-joyida muammosi bölsa, davlat 25 foizini tölab beradi, qolgan 25 foizini özi qöşib imkoniyati bölsa uy olişi mumkin. Işçi guruhning maqsadi ham şu, bunday fuqarolarga yordam beriş, majburiy narsa yöq bu yerda», — dedi içki işlar vazirligi boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Mirjamol Miralimov.