«Urganç tumanida issiqxona uçun ajratilgan yerda noqonuniy uy-joylar qurilmoqda» tanqidiy maqolasiga Xorazm viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan tegişli mutaxassislar iştirokida tekşiriş ötkazilganda, Urganç tumani hokimligi, tumanning Arxitektura va yer resurslari bölimi mansabdor şaxslari öz mansab vakolatlarini suiiste'mol qilgani, hamda öz vazifalariga loqayd munosabatda bölgani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
«Aniqlanişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni, Yer kodeksining 3-, 8- va 34-moddalari talablariga zid ravişda, özboşimçalik bilan, noqonuniy ravişda, boş reja loyihasi va tegişli taşkilotlarning ruxsatisiz Urganç tumani hokimining qarorlariga köra, Ş.Davletovga Çakkaşolikor qişloği hududida «Yengil tipdagi issiqxona» quriş uçun 1 gektar, şuningdek, D.Iskandarovga «Yengil tipdagi issiqxona» quriş uçun 0,6 gektar, X.Xudayberganovga tuman hokimining «Parrandaçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermaxona quriş uçun yer maydoni ajratiş haqida»gi qaroriga özgartiriş kiritilib, Çakkaşolikor qişloğida «Savdo va maişiy xizmat şoxobçasi» quriş uçun 0,5 gektar, M.Sultonovaga tuman hokimining Ğoybu qişloği hududidan «Çoyxona, ofis va avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi» quriş uçun yer maydoni ajratiş haqidagi qaroriga özgartiriş kiritilib, Çakkaşolikor qişloği hududidan «Çoyxona, ofis, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi» quriş uçun 0,39 gektar, B.Davletovga Çakkaşolikor qişloği hududida «Savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi» binosi quriş uçun 0,35 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Umumiy hisobda 5 ta holatda yer ajratişda amaldagi tartibni çetlab ötgan holda 2,8 gektar suvli, ekin yerlari noturar va turar joy qurilişlarga ajratib berib yuborilgan. 9 ta holatda 6,91 gektar ekin yer maydonlari fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan egallab olinib, uy-joy va boşqa noqonuniy qurilmalar qurilişiga sababçi bölib, öz vaqtida ularni bartaraf etiş çoralari körilmagani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 8,08 mlrd söm zarar yetkazilgan.
19 dekabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Urganç tumani hokimligi, tumanning arxitektura va yer resurslari bölimi mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi va 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi bayonotda.

















