Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati va Italiyaning Lombardiya viloyati o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanadi
Shu yilning 24 dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqovning Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi A. Pinna bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, suhbat davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda investitsiyaviy hamkorlik sohasida ishga solinmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va mashinasozlik sohalari hamda Italiya yirik kompaniyalarini O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida aloqalarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Xorijiy tomon O‘zbekistonga Yevropa ittifoqi mamlakatlariga 6 mingdan ortiq tovarlarni bojsiz eksport qilish imkonini beradigan ("GSP+") preferensiyalar bosh tizimi benefitsiar mamlakati maqomini olishda hamda YeI bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasi imzolanishida yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Italiya tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi doirasida O‘zbekistonga har tomonlama ko‘mak berishga sodiqligini ham qayd etdi.

Tomonlarning hududlararo sheriklikni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi alohida ta'kidlandi, tegishli takliflar tilga olindi va O‘zbekistonning Samarqand viloyati bilan Italiyaning Lombardiya viloyati o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash bo‘yicha keyingi ishlar belgilab olindi.

2021 yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston - Italiya hukumatlararo ishchi guruhining yettinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:01 / 02.10.2025
Sardor Umrzoqov Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
17:41 / 14.07.2025
Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi
15:51 / 09.06.2023
O‘zbekistonda Lombardiya viloyati bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturi tayyorlanadi
10:03 / 28.02.2022