Joriy yilning 21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati tomonidan sudlanuvçilar M. Xolmatov (“Özbekiston temir yöllari” AJ “Gidrotexnik inşootlar quriş direksiyasi” boşliği lavozimida işlagan) va boşqalar (jami 17 kişi)ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud jarayoni boşlandi.
Oliy sud xabariga köra, uşbu jinoyat işi bevosita davlat sirlari bilan boğliq bölganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda körilyapti.
Sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalaniş şartlarini buziş), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
“Sud jarayoni davom etmoqda. Işni körib çiqiş natijalari böyiça alohida bayonot beriladi”, - deyiladi mahkama xabarida.
Eslatib ötamiz, mazkur suv omborining quriliş işlari 2010 yilda boşlanib, 2017 yilda yakuniga yetkazilgan edi.
1 may kuni ertalab suv omborida töğon öpirilişi sodir böldi. Voqea oqibatida 6 kişi halok böldi. Suv toşqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron böldi. Uçta tumandagi 22 ta qişloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.


















