Özbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçaga köra, şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uni obrösizlantirişga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (11 mln 150 ming söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Agar tarqatilgan yolğon axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan şaxs bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça (22 mln 300 ming söm) jarimaga tortilişi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, yolğon axborot tarqatganlik uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan şaxs uşbu huquqbuzarlikka takroran yöl qöysa, bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravarigaça (89 mln 200 ming söm) miqdorda jarimaga tortilişi yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş jazosi bilan jazolanişi mumkin.