Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi mutatsiyasi pandemiyaning uçinçi tölqinini keltirib çiqarişi mumkin. JSST eksperti va xalqaro tropik tibbiyot federatsiyasi prezidenti professor Santyago Mas-Koma ana şunday fikr bildirdi.
Mas-Komaning ta'kidlaşiça, koronavirusning yangi turi tarqalişini töxtatişga endi juda keç. Çunki uni yuqtiriş holatlari Yevropa, Osiyo va Şimoliy Amerikaning qator mamlakatlarida qayd etildi.
«Ehtimol, yangi ştamm Yevropada pandemiyaning uçinçi tölqiniga sabab böladi», — dedi olim.
Uning eslatişiça, Italiyada fevral oyida aniqlangan ştamm-mutant pandemiyaning birinçi tölqinini keltirib çiqargan. Tadqiqotlarning körsatişiça, Yevropada pandemiyaning uçinçi tölqini Ispaniya şimolidagi meva teruvçi migrantlar örtasida tarqalgan ştammdan boşlangan.
«Birinçi tölqin tugamasdan turib boşlangan ikkinçi tölqindamiz. Şu tarzda, uçinçi tölqin ikkinçisining ustiga bostirib kelişi mumkin», — deb ta'kidladi Mas-Koma.
Olimning qayd etişiça, SARS-CoV-2 koronavirusi genomida bir oyda bir-ikkita mutatsiya sodir böladi, bu gripp virusiga nisbatan oz. Ammo yangi mutatsiya vaksina samaradorligiga qanday ta'sir qilişi borasida aniq xulosa yöq.
Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi sentyabrda aniqlangandi, ammo u dekabrda faol tarqala boşladi. Mamlakat boş vaziri Boris Jonsonning sözlariga köra, yangi ştamm avvalgisiga nisbatan 70 foizga yuqumliroqdir.


















