Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yilda töğridan töğri iş beruvçi vazifasini ham bajargan. Vazirlik ötib borayotgan yilning ötgan 11 oyi davomida hududlar böylab qariyb 1 mln fuqaroning bandligini ta'minlaş böyiça xizmat körsatgan. BMM vaziri Nozim Husanov “Monomarkaz”da taşkil etilgan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qildi.
Vazirning aytişiça, pandemiya şaroitida köplab fuqarolar doimiy iş joylarini yöqotganlari uçun vaqtinçalik haq tölanadigan jamoat işlari turlari köpaytirilgan. Bunda noan'anaviy va nostandart iş turlariga e'tibor qaratilgan.
Umuman olganda, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida Özbekiston mehnat resurslari soni 19 121,3 ming kişini taşkil etib, 2019 yilning şu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 135,5 ming kişiga oşgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bölganlar soni 13 205,2 ming kişini taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 3 foizga (403,5 ming kişiga) kamaygan bölsada, lekin joriy yilning birinçi yarmiga nisbatan 3,7 foizga (468,5 ming kişiga) oşgan.
Hisobot davrida rasmiy sektorda band aholi soni 5 673,8 ming kişini joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan taşkil qilib, 1,7 foizga yoki 92,6 ming kişiga oşdi. Norasmiy sektorda band bölganlar soni 5 618,8 ming kişini taşkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz yoki 504,2 ming kişiga ortgan. Respublikadan taşqariga işga ketganlar soni 1 912,6 ming kişini taşkil etgan, bu joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 128,3 ming kişiga yoki 6,3 foizga kamaygan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan, joriy yilning 11 oyi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida 317,4 ming işsiz fuqaro (şundan 276.1 ming nafar ayollar, 175,2 ming nafar yoşlar) jamoat işlariga jalb qilingan hamda ularning tölovi uçun jamğarmadan 479,8 mlrd berildi.
Bundan taşqari, Xitoy tajribasi böyiça bugungi kunda Respublika böyiça 443ta kooperativ taşkil etilib, kooperativlarga hududlardagi 21.1 ming nafar işsiz, kam ta'minlangan kambağal oila a'zolari biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav fondiga a'zolik sifatida 47,5 mlrd. söm subsidiya mablağlari ajratildi. Şuningdek, şaxsiy tomorqalarni rivojlantiriş uçun 32,5 ming kam ta'minlangan, "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga yengil tipdagi issiqxona quriş, şaxsiy dala tomorqasida uruğlar va köçatlar hamda suğoriş uçun suv nasoslari xarid qiliş maqsadida qiliş uçun 93,8 mlrd söm berildi.

















