Moliya vaziri Timur Işmetov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida prezidentning parlamentga murojaati orqali vazirlikka yuklangan muhim vazifalar, xususan davlat taşqi qarzini boşqariş masalasida gapirdi. 

«Davlatimiz rahbarining parlament va xalqqa murojaatida Moliya vazirligiga bölgan topşiriqlardan biri - taşqi qarz masalasiga qaratilgan. Pandemiya davrida qöşimça xarajatlarni amalga oşirişga töğri keldi. Soğliqni saqlaş tizimiga misli körilmagan xarajatlar qilindi. Bundan taşqari, iqtisodiyotni qöllab quvvatlaş, ijtimoiy himoya nuqtai nazaridan qiyin paytda aholining zaif qatlamiga qöşimça moddiy yordam körsatiş uçun xarajatlar amalga oşirildi. Umuman, davlat tomonidan ijtimoiy nafaqalarni oluvçilar soni keskin köpaytirildi. Bunça xarajatlar biz öylagandan qöşimça qarz jalb qilişni taqozo etdi. Lekin qançalik qiyin bölmasin taşqi qarz bemalol qadam bosişimizga sabab böldi.

Özbekistonning taşqi qarzi miqdori xalqaro me'yorlarga nisbatan past hisoblanadi. Hozir ham, şu yil yakuni bilan qöşimça qarz jalb qilgan holda ham bizning taşqi qarzimiz miqdori mö'tadil hisoblanadi. Ya'ni xavfli emas. Uni hukumat yaxşi boşqariş bilan birga, öz vaqtida bemalol qaytara oladi. Lekin oldinni közlagan holda mana şu taşqi qarz xarajatlarini özimiz va kelajak avlod uçun oğir botmasligi hamda umuman iqtisodiy siyosatni barqaror uşlab qoliş uçun taşqi qarzga jiddiy e'tibor qaratiş, uni boşqariş topşiriqlari berildi», deya vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Timur Işmetovning aytişiça, Özbekistonning muhim yutuqlaridan biri milliy valutada joylaştirilgan yevrobondlar orqali davlat taşqi qarzini jalb qilişga erişganida böldi. Prezident öz murojaatida qarzni milliy valutada olişni keyingi yillarda 40 foizgaça oşiriş topşiriğini bergan.

«Prezidentimiz murojaatida eng muhim urğu berilgan tomoni, bu taşqi qarzda valuta xatarini oldini oliş böyiça böldi. Ya'ni qarzlar xorijiy valutada jalb qilinaversa, u qarz özgarmagan holatda ham valuta kursi özgarişi hisobiga uning yuki ortib boradi. Bu yuk oşib bormasligi uçun endi taşqi qarzni ham milliy valutada jalb qilişni kengaytiriş masalasida aniq topşiriqlar berildi.

2020 yilda bu yönalişda birinçi qadam bosildi. Özbekiston tarixida ilk bor davlat xalqaro obligatsiyalarini xalqaro kapital bozorlarida, aynan London fond birjasida milliy valutamiz-sömda joylaştirildi. Ya'ni Özbekiston 2 trln söm miqdorida London birjasidan qarz oldi. Bunda 3 yil muddatga 14.5 foiz miqdorida xususiy, xorijiy investorlar Özbekistonga qarz berdi.

Bu - Özbekiston uçun judayam katta yutuq. Oddiy qilib aytganda, tasavvur qiling bu dunyoni bir neçta davlatlaridagi investorlar dollarda böladimi, yevrodami öz valuta mablağlarini sömga aylantirib Özbekistonga 3 yilga 14.5 foizga depozit qöygani bilan barobar.