Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça voqea 3 yanvar kuni yarim keçada sodir bölgan. Qayd etilişiça, 2021 yilning 3 yanvar kuni, taxminan, soat 00:20 da Samarqand şahridagi 4-umumiy örta ta'lim maktabi qozonxonasining isitiş tizimida portlaş sodir bölgan. Oqibatda, şu maktabda qozonxona nazoratçisi vazifasida işlovçi 50 yoşli H. tan jarohatlari olgan va Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bölimiga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor şifoxonada vafot etgan.
Ma'lum bölişiça, hodisa yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Ayrim ma'lumotlarga köra, 2 yanvar kuni soat 23 larda 4-maktab joylaşgan mahallada çiroq öçadi. Şundan söng, birdaniga gaz bosimi kötariladi va nazoratçi qozonxonaga kirgan paytda u portlab ketadi.
















