Tokioda bo‘lib o‘tgan baliq mahsulotlari kimoshdi savdosida moviy tunets balig‘i 20,84 mln iyenga (202,5 ming dollarga yaqin) sotildi.
NHK teleradiokompaniyasining xabar berishicha, baliqning vazni 208 kiloni tashkil etgan.
2020 yilda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida og‘irligi 276 kilo bo‘lgan moviy tunets 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar), 2019 yilda esa 278 kilolik baliq 333,6 mln iyenga (3,2 mln dollar) sotilgandi.
Narx tushib ketishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Kimoshdi savdosi 2018 yilda ochilgan Toyesu baliq bozorida o‘tkazib kelinadi.

















